Bilmasvoy matematika darsida sondan 1 ni ayirishni o’rgangan edi. U darsdan chiqib uyga borgancha o’qituvchisi o’rgatgan ba’zi narsalar yodidan ko’tarildi. Shundan so’ng u o’zining sondan 1 ni ayirish algoritmini o’ylab topdi. Uning fikricha sondan 1 ni ayirish quyidagicha bajariladi:
- Agar sonning oxirgi raqami 0 ga teng bo’lmasa shu son 1 taga kamaytiriladi
- Agar sonning oxirgi raqami 0 ga teng bo’lsa shunchaki sonning oxirgi raqami o’chiriladi. (10 ga bo’lgan kabi, ya’ni 1000 soni 100 ga o’zgaradi, son 0 bo’lganda o’zgarmaydi).
Kirish:
Kirish faylining yagona satrida ikkita butun son, N (2 ≤ N ≤ 10^9 ) va K (1 ≤ K ≤ 50) sonlari kiritiladi.
Chiqish:
Chiqish faylida Bilmasvoy o’z algoritmi yordamida N sonidan K marotaba 1 ni ayirganida hosil bo’ladigan natijani chop eting!
# |
Kirish |
Chiqish |
1 |
716323097 18
|
7163230
|
2 |
197881327 45
|
17
|